Turkiyaning Denizli viloyatida joylashgan Merkezefendi tumanidagi Karaman mahallasdagi to‘rt qavatli uyda sodir bo‘lgan.
Jizre shahrida xizmat qilgan 35 yoshli polisiya xodimi Koshkun S. o‘zining yillik ta’tilida oilasi yoniga kelganida, rafiqasi va ikki farzandini otib o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi.
Mahalla aholisi tongda eshitilgan o‘q ovozlaridan so‘ng huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan. Voqea joyiga yetib borgan tergovchilarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Koshkun S. uxlab yotgan rafiqasi Nazli hamda farzandlari — 7 yoshli o‘g‘li Yag‘iz va 2 yoshli qizi Duruga o‘q uzgan.
Hodisa ortidan tergov ishlari boshlangan bo‘lib, voqea sabablari hozircha aniqlashtirilmoqda. Polisiyachining ruhiy holati va xizmatdagi so‘nggi faoliyati yuzasidan ham alohida surishtiruv olib borilmoqda.