Turkiyaning Izmir viloyatining Focha tumanida 10 nafar noqonuniy muhojir va odam savdosida gumon qilingan 3 nafar shaxs qo‘lga olindi.
Bu haqda Sohil qo‘riqlash qo‘mondonligi ma’lum qildi.
Noqonuniy muhojirlar quruqlikda Sohil xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan aniqlangan. Ular Sohil xavfsizlik qo‘mondonligining Kontrabanda va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi va Focha jandarm qo‘mondonligi tomonidan qo‘lga olindi.
Barcha qo‘lga olinganlar tegishli idoralarga olib ketildi.