Istanbul sudi Mehmet va Fotih Aydinlarni firibgarlik, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, pul yuvish va boshqa jinoyatlarda ayblab qamoq jazosi va 13 million dollar jarima soldi.
Ushbu aka-uka 2016 yilda “Fermer banki”ni yaratgan, u yerda mijozlar o‘z pullarini onlayn o‘yin orqali investisiya qilishlari va daromad olishni va’da bergan. Bank mijozlarga investisiyalar haqiqiy fermer xo‘jaliklarini yaratishga sarflanishini va’da qilgan.
Ammmo 2018 yilda o‘n minglab mijozlar daromad olishi to‘xtatganidan so‘ng bankda tergov boshlandi. Rasmiylar bu moliyaviy piramida sxemasi ekanligini aniqladilar.
Ta’sischi Mehmet Aydin taxminan 137 million dollar bilan Turkiyadan qochib ketgan, lekin 2021 yilda Braziliyadan deportasiya qilingan va Istanbul aeroportida hibsga olingan.