Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Turkiyada dunyodagi eng uzun osma ko‘prik ishga tushdi

Turkiyada dunyodagi eng uzun osma ko‘prik ishga tushdi

Turkiyada Osiyo va Yevropa qit’asini bir-biriga bog‘laydigan “Chanoqqal’a 1915” osma ko‘prigi ishga tushirildi. Uning ahamiyati shunchalar kattaki, ochilish marosimida Prezident Rajab Toyyib Erdog‘an ishtirok etdi.

"Turkiya o‘rta masofa bo‘yicha dunyodagi eng uzun ko‘prikka ega bo‘lgan Yaponiyani ortda qoldirdi va bu sohada birinchi o‘rinni egalladi. Aytmoqchimanki, o‘rta oraliq uzunligi bo‘yicha dunyodagi eng uzun 10 ta ko‘prikdan 3 tasi bizning mamlakatimizda”, dedi ochilish marosida nutq so‘zlagan Erdog‘an.

“Anadolu” agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, markaziy oraliqni ushlab turuvchi ko‘prik ustunlarining balandligi 300 metrdan oshadi. Ko‘prik uzunligi 3,7 kilometrni tashkil etadi va Malkara-Chanoqqal’a avtomobil yo‘lining 101-kilometrining muhim bo‘g‘iniga aylanishi kutilmoqda. Ustunlarning tutashgan joylari va ko‘prik elementlari Turkiya bayrog‘i ranglari bo‘lgan qizil va oq rangga bo‘yalgan.

Dardanel bo‘g‘ozi bo‘ylab olti polosali (har bir yo‘nalishda uchtadan) osma ko‘prikning umumiy uzunligi 4608 metrga yetadi.

Mazkur ko‘prik o‘lchamlarining bir qator ramziy ma’nolari bor. Ko‘prikning 2,23 metrlik o‘rta qismi Turkiya Respublikaning 100 yilligini, 318 metrlik po‘lat minoralari esa Chanoqqal’a dengiz g‘alabasi, ya’ni 1915 yil 18 mart kunidagi Chanoqqal’a zafarini anglatadi. O‘rta oralig‘i 2023 metr ekanligi, bu o‘z o‘zidan 2023 yilga ishora qilmoqda.

Mamlakat rahbari ko‘prikdan foydalanish bir hafta mobaynida tekin bo‘lishini bildirib o‘tdi. Keyin esa bir marta foydalanish 200 tl bo‘lishi bildirildi.

Mazkur ko‘prik yiliga 415 million yevro daromad keltirishi ko‘zda tutilgan.

Nizomjon Islomov tayyorladi.

Kiritildi: 20:27 19.03.2022. O'qildi: 6419 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!