Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Turkiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Turkiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Turkiya Respublikasida COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish doirasida karantin choralari kuchaytirilib, yangi cheklovlar joriy etilmoqda.

Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi ma’lum qilishicha, 2020 yil 1 dekabr soat 21:00 dan pandemiya bilan bog‘liq quyidagi yangi cheklovlar kuchga kiradi:

  • ish kunlari soat 21:00 dan 5:00 ga qadar komendantlik soati belgilandi;
  • dam olish kunlari juma kuni kechqurun soat 21:00 dan dushanba kuni ertalab soat 5:00 ga qadar ko‘chaga chiqish mumkin emas;
  • janoza va to‘y marosimlarida qatnashchilar soni 30 kishidan oshmasligi kerak;
  • barcha davlat muassasalari ish kunlari soat 10:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan vaqtda faoliyat ko‘rsatadi;
  • 65 yoshdan oshgan va 20 yoshdan kichik fuqarolar jamoat transportidan foydalana olmaydilar;
  • mehmonlarni qabul qilish, mavludlar, kechalar o‘tkazish, bayramlarni, jumladan yangi yilni nishonlash taqiqlandi;
  • kinoteatrlar yil oxirigacha yopiq bo‘ladi. Shuningdek, sauna, hammom va lunaparklar ham yopiladi;
  • o‘yin va sport maydonchalaridan foydalanish taqiqlanadi. Mamlakatdagi barcha sport tadbirlarini hozirgi vaqtdagidek tomoshabinlarsiz o‘tkazishda davom etiladi;
  • savdo markazlariga faqat maxsus kod (HES) bilangina kirish mumkin bo‘ladi. Maxsus kod Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligining elektron ilovasi orqali olinadi;
  • barcha bolalar bog‘chalari, tayyorlov sinflari va boshqa bolalar ta’lim muassasalari faoliyati to‘xtatiladi. Maktab o‘quvchilari va talabalar uchun masofaviy o‘qitish 2020 yil oxirigacha uzaytirilmoqda;
  • shifoxonalar, o‘t o‘chirish xizmatlari, polisiya va dorixonalar har kuni hech qanday cheklovlarsiz ishlaydi;
  • komendantlik soati vaqtida faqat uyga yetkazib berish xizmati bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar, kafe va restoranlar ham ishlashni davom ettiradi;
  • agar biror kishida samolyot yoki poyezd chiptasi bo‘lsa, u aeroport yoki temir yo‘l stansiyasigacha yetib olish uchun shaxsiy yoki jamoat transportidan foydalanishi mumkin;
  • jamoat transportidan foydalanish, savdo markazi, kasalxona, davlat idoralariga kirish uchun HES kodi talab qilinadi. Bu Turkiya fuqarolariga ham, mazkur mamlakatda yashash huquqiga (ikamet) ega bo‘lganlarga ham tegishli;
  •  muntazam ravishda yuz niqobini taqib yurish tartibi, ijtimoiy masofani saqlash va virusga qarshi gigiyenik qoidalarga amal qilish, shuningdek, ko‘chada sigaret chekishga qo‘yilgan taqiq o‘z kuchida qolmoqda.
Kiritildi: 19:21 01.12.2020. O'qildi: 4091 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!