Turkiyaning Izmir shahrida Bosh prokuratura qarori bilan o‘tkazilgan operasiya natijasida FETÖ terror tashkilotiga a’zolikda gumon qilingan 8 kishi qo‘lga olindi.
Bu haqda “Anadolu” nashri ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, huquq-tartibot idoralari tomonidan 6 sentyabr kuni 9 kishiga nisbatan tezkor tadbir o‘tkazilgan edi. Operasiya natijasida gumonlanuvchilar qo‘lga olindi.