Turkiya prezidentining matbuot kotibi Ibrohim Qalin avstriyalik yozuvchi Peter Xandkega adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti berilishini tanqid qildi.
“Dushanba kuni Bosniyadagi qatliomni rad etgan va Serbiyaning birinchi prezidenti Slobodan Miloshevichning tarafdori bo‘lgan Peter Xandkega adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti beriladi. Bu aqlsiz va sharmandali qarorni bekor qilish zarur. Nobel mukofoti vijdonsizlarga berilmasligi kerak. Yoki bu yangi genosidni taqdirlash uchun qilinyaptimi?” – deya yozdi u “Tvitter”dagi sahifasida.
Turkiya milliy mudofaa vazirligi ham bunga qarshi chiqdi.
"Biz har qanday ko‘ngilchan inson qalbiga jarohat beradigan bu tarixiy xatodan voz kechilishini kutmoqdamiz, Nobel mukofoti esa yana tanqid va muhokamalar nishoniga aylanmoqda", - deyiladi vazirlik bayonotida.
Gap shundaki, Peter Xandke Srebrinisada serb harbiylari musulmonlarni qirganini inkor etib keladi va serblarning sobiq yetakchisi Slobodan Miloshevichni qo‘llab-quvvatlagan.
Shved akademiyasining sobiq matbuot kotibi, tarixchi Peter Englud esa yozuvchiga mukofotni topshirish marosimida qatnashishni istamasligini ma’lum qildi.
“Agar qatnashadigan bo‘lsam, ikkiyuzlamachilikka yo‘l qo‘ygan bo‘laman”, – dedi u.