Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Turkiya O‘zbekistonning choralarini qo‘llab-quvvatladi

A A A
Turkiya O‘zbekistonning choralarini qo‘llab-quvvatladi

4 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov va Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovushog‘li o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida Chovusho‘g‘li O‘zbekiston tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida osoyishtalik va barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan qat’iy chora-tadbirlarni Turkiya qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va to‘laqonli amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Ikki va ko‘p tomonlama shakldagi rejalashtirilgan tadbirlarnining tashkiliy va mazmuniy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Shu jumladan, Toshkent shahrida o‘tkazilishi kutilayotgan tashqi siyosat, iqtisodiyot va transport masalalari uchun mas’ul idoralar rahbarlari darajasidagi “O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” uch tomonlama uchrashuviga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.

Kiritildi: 22:44 04.07.2022. O'qildi: 4221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik