Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Turkiya Suriya prezidentini ag‘darish niyatidami?

Turkiya Suriya prezidentini ag‘darish niyatidami?

Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning aytishicha, uning mamlakati Bashar Asadni Suriya prezidentligidan ag‘darish niyatida emas.

Bu haqda TRT telekanali xabar berdi.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Suriyaning hududiy yaxlitligi tarafdori va muammolarni diplomatiya yo‘li bilan hal qilishni afzal ko‘radi.

"Bizda Asadni ag‘darish yoki ag‘damaslik kabi muammo yo‘q", dedi u.

Turkiya prezidentining ta’kidlashicha, Anqara tomonidan Suriyadagi barcha qadamlar, jumladan, Moskva bilan kelishilgan holda, terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan.

Avvalroq Turkiya va Suriya prezidentlari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Bashar Asad telefon orqali muloqot qilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Kiritildi: 18:20 19.08.2022. O'qildi: 2671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!