Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (SHKTR) Fuqarolik aviasiyasi departamenti direktori Ashkin Mesheli Turkiya ertaga ertalab Shimoli Kipr Turk Respublikasiga oltita F-16 qiruvchi samolyotini joylashtirishini e’lon qildi.
Turkiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Mesheli samolyotlar xavfsizlik maqsadida joylashtirilayotganini va ularning joylashtirilishi fuqarolik havo qatnoviga ta’sir qilmasligini aytgan.
Turkiya Milliy Mudofaa vazirligidagi manbalar so‘nggi voqealarni hisobga olgan holda, kecha Shimoliy Kipr Turk Respublikasi xavfsizligini ta’minlash uchun orolga F-16 qiruvchi samolyotlarini joylashtirish masalasi ko‘rib chiqilayotganini xabar qilishdi.