Bu haqda AQSh Davlat kotibi Rubio fikr bildirdi.
"Hozirda vaziyat quyidagicha. Birinchidan, Turkiya NATO a’zosi. Ikkinchidan, Prezident Tramp iloji bo‘lsa, ushbu samolyotlarni taqdim etish istagini bildirdi, chunki Turkiya ularning bir nechtasi uchun pul to‘lagan. Shubhasiz, bu samolyotlarni yetkazib berish hali ko‘p yillar davom etadi, ammo ulardan ikkitasi uchun pul to‘langan.
Ammo AQSh Kongressi tomonidan qabul qilingan qonun bor. Bundan tashqari, Milliy mudofaa vakolatlari to‘g‘risidagi qonunda juda qat’iy shartlarni belgilovchi qoida mavjud. Shuning uchun, ochig‘i, bunday savdo ushbu shartlar bajarilmaguncha amalga oshirilmaydi. Bu haqda Turkiya tomoniga xabar berilgan. Ular bu talablardan xabardor va menimcha, yechim topishga harakat qilmoqdalar.
Muammo S-400 tizimi bilan bog‘liq. Shuning uchun, hozircha bu muammo hal qilinmagan va qonuniy ravishda biz samolyotni hal qilinmaguncha topshira olmaymiz. Balki yechim topilar — turli variantlar mavjud — ammo hozircha masala hal qilinmagan," dedi AQSh Davlat kotibi Gresiyaning Kathimerini gazetasiga.