Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Turkiya Rossiyadan neft xarid qilishni kamaytirdi

Turkiya Rossiyadan neft xarid qilishni kamaytirdi

G‘arb sanksiyalaridan so‘ng, Turkiya Rossiyadan neft xarid qilishni kamaytirdi, deb xabar bermoqda Rauters.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyaning yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri – SOCAR Turkey Aegean Refinery (Ozarboyjonning SOCAR kompaniyasiga qarashli) dekabr oyida yetkazib beriladigan to‘rtta neft partiyasini Rossiyadan emas, boshqa davlatlardan sotib olgan.

Reuters manbalarining ta’kidlashicha, neftning bir qismi Iroqdan xarid qilingan. Yana bir partiya esa – sifati jihatidan Rossiyaning Urals neftiga o‘xshash bo‘lgan Qozog‘istonning KEBCO neftidir.

Ma’lumot uchun, Turkiya Xitoy va Hindiston bilan bir qatorda Rossiya neftining uchta eng yirik xaridorlaridan biri hisoblanadi.

Kiritildi: 22:45 02.11.2025. O'qildi: 910 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!