Bu haqda Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Antaliyada bo‘lib o‘tayotgan IV Diplomatik forum doirasida Suriya davlati rahbari Ahmad Al-Shaara bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi davr Suriya uchun barqarorlik, farovonlik va xavfsizlik davri bo‘ladi.
Erdog‘an Turkiyaning Suriyaga qarshi xalqaro sanksiyalarni bekor qilish borasidagi sa’y-harakatlarini davom ettirishini va rasmiy Damashq bilan savdo-iqtisodiy sohada hamkorlikni kengaytirish uchun qadamlar tashlashini ta’kidladi.