Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Turkiya NATOga ilk bor ulkan harbiy shtabini namoyish qildi

Turkiya NATOga ilk bor ulkan harbiy shtabini namoyish qildi

Turkiya NATOga ilk bor ulkan harbiy shtabini namoyish qildi

Turkiya NATOga a’zo davlatlar mudofaa vazirlariga ilk bor qurilishi davom etayotgan «Oy Yildiz» («Yarim oy va yulduz») qo‘shma harbiy shtabi majmuasini taqdim etdi. Yangi inshoot taqdimoti Anqarada NATO sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi.

Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Gyulerning aytishicha, yangi shtab Bosh shtab hamda qurolli kuchlarning barcha turlari qo‘mondonliklarini bir joyga jamlaydi. Bu qaror qabul qilish jarayonini tezlashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish va qo‘shma harbiy operasiyalar imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi.

Vazirning ta’kidlashicha, majmua «Po‘lat gumbaz» konsepsiyasi doirasida ko‘p bosqichli havo va quruqlik mudofaa tizimi bilan himoya qilinadi. Shuningdek, u inqiroz yoki urush sharoitida ham uzluksiz faoliyat yuritish imkonini beruvchi zamonaviy aloqa, boshqaruv va xavfsizlik tizimlari bilan jihozlanadi.

Yashar Gyulerning so‘zlariga ko‘ra, «Oy Yildiz» nafaqat dunyodagi eng yirik harbiy qo‘mondonlik markazlaridan biriga aylanadi, balki Turkiyaning mudofaa salohiyati va NATOning jamoaviy xavfsizligiga qo‘shayotgan hissasining ramzi ham bo‘ladi.

Alyansga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari uchun qabul marosimi yangi majmuaning Star qismida o‘tkazildi. Mehmonlarni harbiy orkestr kutib oldi. Ma’lum qilinishicha, yangi shtab yaqin vaqt ichida o‘z faoliyatini boshlaydi.

Kiritildi: 23:21 08.07.2026. O'qildi: 1547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!