Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Turkiya kosmosga ayol kishini uchirmoqchi

Turkiya kosmosga ayol kishini uchirmoqchi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiyadan birinchi bo‘lib ayol kishining kosmosga uchishiga xohish bildirdi, dedi mamlakat sanoat vaziri Mustafo Varank.

"Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an kosmosda Turkiyaning birinchi fuqarosi ayol kishi bo‘lishini yoqladi, - dedi vazir Anadolu agentligining davra suhbati paytida. - Biz ushbu missiya uchun mamlakatning eng munosib fuqarosini orbitaga uchiramiz".

Varank Turkiya kosmik agentligi "texnologik rivojlanishning yangi darajasiga chiqish va kosmik iqtisodiyot imkoniyatlarini ochish"ga yordam beradigan dastur ishlab chiqqanligini ta’kidladi.

Avvalroq, Erdo‘g‘an Anqara kosmik sohani rivojlantirish doirasida 2023 yilgacha Oyga qo‘nadigan kosmik kemani yuborishni niyat qilganini aytgandi. Bundan tashqari, Erdo‘g‘an, harbiy va fuqarolar ehtiyoji uchun yangi sun’iy yo‘ldoshlar uchirish, sun’iy yo‘ldosh navigasiya tizimini rivojlantirish, sun’iy yo‘ldoshlardan foydalangan holda meteorologik ma’lumot olish, Yerdan kosmik ob’ektlarni kuzatishni takomillashtirish, kosmik sanoatni rivojlantirish va kosmik sanoat uchun kadrlar tayyorlash rejalashtirilganini ta’kidladi.

Kiritildi: 03:00 14.02.2021. O'qildi: 1715 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!