Turkiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatdi, dedi mamlakat prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an.
“Biz Turkiya Respublikasi davlati va hukumati sifatida Isroil bilan aloqalarimizni uzdik”, dedi u.
Erdog‘on Anqara kelajakda hamkorlikni rivojlantirish uchun hech qanday qadam tashlamayapti, deya qo‘shimcha qildi.
2023 yil oktyabr oyida G‘azo sektorida SAXAL operasiyasi boshlanganidan beri Turkiya Tel-Avivning harakatlarini qoralab, uni Falastin tinch aholisini qirg‘in qilishda ayblab keladi. Mamlakat bir necha bor o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan, shuningdek, yahudiy davlatiga bosim o‘tkazgan.
Xususan, may oyi boshida Turkiya Savdo vazirligi Isroil bilan savdo-sotiqni to‘liq to‘xtatganini ma’lum qilgan edi. Bungacha Anqara 54 ta kichik guruh tovarlari eksportini cheklagan, biroq SAXAL G‘azodagi janglarni davom ettirgan, deb xabar beradi ria.ru.