Bu haqda Turkiya transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘li H. ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, blokdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror Instagram ma’muriyati Turkiya rasmiylari talablarini bajarishga va’da berganidan keyin qabul qilingan.
Turkiyada 2 avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari kengashi qarori bilan ijtimoiy tarmoqqa kirish bloklandi. Turkiyaning Birgün gazetasi fikricha, bu qaror Hamas yetakchisi Ismoil Haniyaning Erondagi havo hujumidan omon qolmagani sababli ijtimoiy tarmoq tomonidan ta’ziya bildirishni bloklagani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin . Turkiya prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi boshlig‘i Fahrettin Altun Instagram’ning 1 avgustdagi harakatlarini qoralab, ularni senzuraga urinish deb atadi.