Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Turkiya harbiy kemalarning Qora dengizga kirishiga qarshi chiqmoqda

Turkiya harbiy kemalarning Qora dengizga kirishiga qarshi chiqmoqda

Turkiya Montryo Konvensiyasi talablarini og‘ishmay bajarib kelmoqda, mintaqada urushning kengayishiga va Qora dengizga harbiy kemalarning kirishiga qarshi, deb bayonot berdi mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li.

"Biz tomonlarni aloqalarni o‘rnatishga chaqirganmiz va chaqirib kelyapmiz. Anqara ikkala davlat bilan ham juda yaxshi aloqada. Shuning uchun ham biz sanksiyani qo‘llab-quvvatlamadik. Biroq, shubhasiz urushga qarshimiz, Montryo Konvensiyasi talablarini og‘ishmay bajarib kelmoqdamiz. Qolaversa, NATO a’zosi sifatida Moskvani muloqotga chaqiryapmiz", – dedi Chavusho‘g‘li.

Montryo Konvensiyasi 1936 yilda qabul qilingan. Ushbu hujjatga binoan savdo kemalari urush davrida ham, tinchlik davrida ham ko‘rfazdan emin-erkin o‘tishi mumkin, lekin barcha kemaga tartib turlicha. Shu bilan birga, Konvensiya Qora dengiz sohilida joylashmagan mamlakatlarning Qora dengizda bo‘lishini uch haftalik muddat bilan cheklab qo‘ygan. Favqulodda vaziyatlarda Turkiya harbiy kemalarning Bosfor va Dardanelladan o‘tishini butunlay taqiqlash yoki qisqartirish huquqiga ega.

Kiritildi: 09:15 02.02.2023. O'qildi: 2009 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!