Bugun 5 iyul, 2024 yil, juma

КИР

Turkiya: gaz ballon bortlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Turkiya: gaz ballon bortlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Shu yilning 30 iyun kuni Turkiya g‘arbida propan ballonining portlashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, 63 kishi yaralandi.

Qayd etilishicha, Turkiyaning Izmir shahridagi restoranda propan balloni portlagan. Restoran va yon-atrofdagi binolarga jiddiy zarar yetgan.

Bu haqda viloyat rahbari Sulaymon Elban TRT Haber telekanaliga bergan intervyusiga tayanib abc NEWS ma’lum qildi.

Hodisa oqibatida turli darajada tan-jarohat olganlar shifoxonaga yotqizilgan.

Portlashdan so‘ng, viloyat rahbari Sulaymon Elban yaradorlar holidan xabar oldi. Uning aytishicha, hodisa oqibatida jarohat olganlarning 40 nafari allaqachon tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib uylariga javob berilgan.

Xabarlarga ko‘ra, gumonlanuvchi hibsga olingan. U portlashdan bir kun avval restorandagi gaz ballonni almashtirgan.

Kiritildi: 12:27 01.07.2024. O'qildi: 442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!