Bugun 14 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Turkiya birinchi AESini yil oxirigacha ishga tushirmoqchi

Turkiya birinchi AESini yil oxirigacha ishga tushirmoqchi

Turkiyaning Mersin viloyatida Rossiyaning «Rosatom» kompaniyasi ishtirokida qurilayotgan «Akkuyu» AESining birinchi energoblokida sinovlar boshlandi. Turkiya Energetika vazirligiga ko‘ra, u 2026 yil oxirigacha elektr energiyasi ishlab chiqara boshlashi kerak.

AES 4 ta VVER-1200 reaktoridan iborat bo‘lib, har bir blokning quvvati 1200 MVt. Barcha bloklar ishga tushsa, stansiya yiliga qariyb 35 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu Turkiya umumiy iste’molining taxminan 10 foiziga teng.
Qurilish maydonida 23 mingga yaqin kishi ishlamoqda. Elektr energiyasi milliy tarmoqqa uzunligi 1100 kilometrdan ortiq bo‘lgan 7 ta yuqori kuchlanishli liniya orqali uzatiladi.

«Akkuyu» Rossiya atom energetikasi uchun ham alohida ahamiyatga ega. Loyiha «qurish — egalik qilish — ekspluatasiya qilish» tamoyili asosida amalga oshirilmoqda. Ya’ni Rossiya stansiya qurilishida ishtirok etish bilan birga, uni uzoq muddat ekspluatasiya qilishda ham ishtirok etadi.

Turkiya «Akkuyu»ni atom energetikasidagi yakuniy loyiha sifatida ko‘rmayapti va kelgusida yangi AESlarni ham barpo etishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 15:42 13.09.2026. O'qildi: 725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!