Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Turizm Afinaga tahdid solmoqda

Turizm Afinaga tahdid solmoqda

Ma’lumotga ko‘ra, 2023 yil Gresiya poytaxti 7 milliondan ortiq sayyohni qabul qilgan. Mutaxassislar fikricha, bu yil turistlar soni 20 foiz oshishi kutilyapti. “Euronews” ushbu mamlakatga sayyohlar oqimi tezlashishi tufayli mahalliy aholi uchun uy-joy ijarasi narxi ham tobora qimmatlashayotganini yozgan.

Afina meriyasi turizmdan tushayotgan daromadning asosiy qismi shahar byudjetini chetlab o‘tib, davlatga tushayotganidan shikoyat qilmoqda.

Umuman, Yevropa davlatlari birin-ketin overturizmga qarshi kurash chorasini ko‘ra boshlagan. So‘nggi ikki yilda ushbu muammo Gresiyaga ham yetib keldi.

G‘arbiy Attika universiteti turizm menejmenti kafedrasi professori Katerina Kikilianing so‘zlariga ko‘ra, overturizm allaqachon uy-joy bozorini tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirib yuborgan.

– Afina va Attikaning ko‘plab hududlari sayyohlarga berilgan, – deydi u, – Bu go‘zal hududda ijaraga uy-joy olishning iloji yo‘q. Hamma joyda faqat o‘rta muddatli ijara rasmiylashtirgan oilalar. Maktablarda bolalar yo‘q.

Barselona ham yaqinda qisqa muddatli ijaraga qarshi chora ko‘rdi. Afina esa yanada kengroq yondashuvni ko‘rib chiqmoqda.

– Turizm rivojlanishi ko‘p sohalarga ta’sir qiladi, lekin natija har doim ijobiy bo‘lavermaydi, – deydi ko‘chmas mulk bo‘yicha ekspert Antonis Markopulos. – Shahar bo‘ylab ijara narxi, ayniqsa, xonadon metroga yaqin bo‘lsa, juda qimmat tushyapti. Hamma gap kvadrat metr taqchilligi va talab ortib borayotganida.

Kiritildi: 13:17 08.07.2024. O'qildi: 969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!