Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

To‘qayev Qozog‘istonda ikkinchi AESni ham qurmoqchi

A A A
To‘qayev Qozog‘istonda ikkinchi AESni ham qurmoqchi

Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat hukumatining bugun, 28 yanvarda o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishida Qozog‘istonda yadroviy energetikani rivojlantirish haqida so‘zladi.

Energiya taqchilligi o‘sib borayotgan bir sharoitda birinchi AES qurilishini tezlatish va umuman, mamlakatda yadroviy klasterni yaratishga kirishish lozim, dedi u.

To‘qayev hukumatga «Samruk-Qazina» bilan hamkorlikda atom sohasini rivojlantirishning uzoq muddatli rejasini ishlab chiqishni topshirdi. «Hukumat va parlamentdan ikkinchi atom stansiyasi quriladigan joy bo‘yicha takliflarni kutaman», — dedi Qozog‘iston prezidenti.

Uning ta’kidlashicha, Qozog‘istonga yadroviya energiya zarur, busiz mamlakatning bosqichma-bosqich rivojlanishiga erishib bo‘lmaydi.

Kiritildi: 16:01 28.01.2025. O'qildi: 1657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!