Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, 20 yoshli Dazia Aydia Li 16 sentyabr kuni qatnov uchun yopilgan suv yo‘lida bo‘lgan avtomobilini boshqargan. Mashinadaligi vaqtida u bilan birga farzandi ham bo‘lgan. Boshqaruv davomida suv darajasi ancha yuqori nuqtaga ko‘tarilgan va ayolning mashinasi yo‘ldan chiqib ketgan.
U bolasini qo‘llariga olgan, lekin kuchli oqim o‘g‘lini o‘zi bilan olib ketgan. Uning tanasi ertasi kuni topilgan.
Sud 20 noyabr kuni Dazia Aydia Lining ishini ko‘rib chiqadi. U odam o‘ldirish (qasddan emas) va avtomashinalarni boshqarish qoidalarini buzganlikda ayblandi.
Polisiya Li xonimning aybdor ekanligini ta’kidlamoqda.