Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Tu-22M3 bombardimonchi samolyoti Ukraina tomonidan urib tushirilganmi?

Tu-22M3 bombardimonchi samolyoti Ukraina tomonidan urib tushirilganmi?

Rossiyaning bombardimonchi samolyoti Ukraina kuchlari tomonidan S-200 raketasi yordamida urib tushirilgani haqidagi xabarlar haqiqatga o‘xshamoqda. Bu haqda Britaniya Mudofaa vazirligining kundalik hisobotida keltirilgan. Razvedkaning ta’kidlashicha, bu Ukraina havo mudofaa tizimi strategik bombardimonchi samolyotni urib tushirgan birinchi ma’lum holatdir.

“Rossiya bugungi kunda kamida 100 ta jangovar samolyotini yo‘qotgan bo‘lishi mumkin”, – deya ta’kidlaydi vazirlik.

Bir kun avval Stavropol o‘lkasida uzoq masofali raketa tashuvchi Tu-22M3 bombardimonchi samolyoti halokatga uchradi. Rossiya Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, hodisa “jangovar topshiriqni bajarib bo‘lgach” aerodromga qaytayotganda sodir bo‘lgan va hodisaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Ukraina tomoni juma kuni samolyot Bosh razvedka boshqarmasi (BRB) va Ukraina Harbiy-havo kuchlarining birgalikdagi faoliyati natijasida urib tushirilganini bildirdi.

Kiritildi: 10:15 21.04.2024. O'qildi: 1430 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!