Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Trampning yana bir "jinoyati" ma’lum bo‘ldi

A A A
Trampning yana bir "jinoyati" ma’lum bo‘ldi

Amaldagi AQSh prezidenti Donald Trampning biznesi 1985 1994 yillarni o‘z ichiga olgan o‘n yillikning o‘zida 1,17 milliard dollar yo‘qotgan. Bu haqda soliq deklarasiyasidan olingan ko‘chirmalarga asoslanib, The New York Times ma’lum qildi.

Meduza ning yozishicha, Tramp Soliq boshqarmasiga 1985 yilda topshirgan deklarasiyasida uning kazino, mehmonxonalar, ko‘chmas mulk ijarasini o‘z ichiga olgan asosiy biznesi 46,1 million dollar zarar ko‘rganini ma’lum qilgan.

Keyingi yillarda Tramp biznesi yanada ko‘proq zarar ko‘rishni boshlagan. Xususan, 1990 1991 yillarda Tramp zarar miqdori bir yil ichida 250 milliondan oshib ketganini ma’lum qilgan. Bunga bitimlarning muvaffaqiyatsiz bo‘lgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Ko‘rilgan zararlar Trampga 10 yillikning 8 yilida daromad solig‘ini to‘lamaslik imkonini bergan.

Trampning advokati The New York Times ga bergan intervyusida soliq axborotida berilgan ma’lumotlar yolg‘on va noaniq ekanligini aytgan.

The New York Times gazetasining 2016 yil oktyabrda chiqqan sonlaridan birida yozilishicha, Donald Tramp 1995 yilgi soliq deklarasiyasida 916 million dollar zarar ko‘rganligini qayd etgan. Bu Trampga 18 yil davomida foydaga solinadigan federal soliqni to‘lamaslik huquqini bergan. U bu huquqdan foydalanganmi yoki yo‘q noma’lum.

Kiritildi: 05:30 09.05.2019. O'qildi: 1646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik