AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning o‘g‘li, kichik Donald Tramp o‘zining Telegram kanalida million obunachiga ega bo‘ldi.
Ayni paytda kichik Trampning sahifasiga 1.002.643 kishi obuna bo‘lgan.
Avvalroq, sobiq prezidentning o‘g‘li Telegramdan foydalanish qarorini Instagram, Twitter va Facebook tomonidan qo‘llanilgan senzura bilan izohlagan edi.
Bungacha sobiq davlat rahbari Donald Trampning bir qator ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari uning tarafdorlari tomonidan Kapitoliyga bostirib kirishi fonida bloklangandi.