Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Trampning sudi qanday ketyapti?

Trampning sudi qanday ketyapti?

 AQSh Senatida mamlakat Prezidenti Donald Trampning impichmenti masalasini ko‘rish boshlangani haqida xabar bergan edik. Tramp ustidan sudning birinchi kunida Senat spikeri Mitch Makkonnell impichment jarayoni tezlashtirilgan tartibda o‘tishini e’lon qilgandi.

Impichment bo‘yicha eshituvning ikkinchi kunida so‘z qoralovchi tomon ya’ni, Kongress quyi palatasi menejerlariga berildi. Ular o‘z nutqini boshlaganda sud jarayonini eslatuvchi Senat eshituvi ikki siyosiy partiyaning qarama-qarshilik maydoniga aylanib ketdi.

Demokratlar – impichment menejerlari Trampga o‘z ayblovini e’lon qilib, dalillarini keltirayotgan bir vaqtda respublikachilar ularni haqorat qilib, yolg‘onchilikda ayblab turdi va Prezidentni himoya qildi.

Agar, ayblovchilar o‘ziga ajratilgan vaqtdan to‘liq foydalansa, ular ertaga, juma kuni yakunlaydi. Shunday qilib, shanba kuni so‘z himoyachi tomonga beriladi. 

Qayd etish kerakki, impichment qoidalari olti kunlik ish haftasi amal qilgan zamonlarda yozilgan. Shuning uchun, eshituvlar shanba kuni ham davom etaveradi.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp Quyi palata tomonidan mansab vakolatini suiiste’mol qilish va Kongress surishtiruviga to‘siq bo‘lishda ayblanyapti.

Kiritildi: 14:55 23.01.2020. O'qildi: 2317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!