AQSh prezidenti Donald Trampga qarshi chiqayotgan "No Kings" harakati a’zolari 14 iyun kuni — prezidentning 80 yillik yubileyi va Oq uyda o‘tadigan UFC turniri kunida norozilik namoyishlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
"14 iyun kuni biz ko‘chalarga chiqamiz, bor ovozimiz bilan kuylaymiz va birlashishda davom etamiz... Biz Amerika tarixini birlashayotgan odamlar haqidagi hikoyaga aylantirishimiz mumkin", — deyiladi harakat bayonotida.
Ta’kidlash joizki, shu kuni Donald Tramp o‘zining 80 yoshini nishonlaydi va Oq uy hududida UFC janglarini o‘tkazadi. Bu tadbir AQSh Mustaqillik deklarasiyasi imzolanganining 250 yilligini nishonlash dasturining bir qismi hisoblanadi. "No Kings" harakati esa bunga javoban madaniy dastur — "A Night to Build Community" (Jamiyatni qurish kechasi) nomli konsert va namoyishlar uyushtirishni ko‘zlamoqda.