Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Trampning rafiqasiga qarshi urush boshlashdi

A A A
Trampning rafiqasiga qarshi urush boshlashdi

AQShning birinchi xonimi Melaniya Trampning migrantlar bilan uchrashishga kiyib borgan kiyimi katta mojarolarga sabab bo‘ldi.

Esingizda bo‘lsa, 200 mingdan ziyod migrant bolalarning ota-onalaridan ajratilib, qafaslarda saqlanayotgani jurnalistlar tomonidan tanqidlarga uchragach, Melaniya Tramp ular bilan uchrashuvga otlangandi. Uning libosida esa jurnalistlarga javoban “Meni qiziqtirmaydi, sizlarga nima?” yozuvi tushirilgandi.

“Daily Mail” nashrining ma’lumot berishicha, Qo‘shma Shtatlarda mashhurlar yoppasiga Melaniyaga qarshi kurash boshlashgan. Mashhurlarning “Bolalarning taqdiri Birinchi xonim yoki prezidentni qiziqtirmasa, bizni qiziqtiradi”, qabilidagi yozuvlar tushirilgan ko‘ylaklari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib ketgan. Masalan, “Radio Disney Music Awards” mukofotining taqdimot marosimiga aktrisa Janna Ortega “Meni qiziqtiradi va seni ham qiziqtirishi shart” yozuvi tushirilgan ko‘ylakda kelgan. U intervyusida migrant bolalarning taqdiridan tashvishda ekanini ham ta’kidlagan.

Model Sill Makkornik Instagramdagi sahifasiga “Yo‘q, bizning har birimizni qiziqtiradi. Nega seni emas?” degan yozuvli ko‘ylagini kiyib tushgan suratni joylagan bo‘lsa, aktrisa Bizi Filipps ham “Meni qiziqtiradi, sizni-chi?” yozuvli kiyimi bilan suratga tushgan.

Dizayner Jastin Teodor va rassom Teo Alkaraz “Hammani qiziqtirishi shart” yozuvli kiyimlarini namoyish qilgan bo‘lishsa, “Wildfang” kiyim brendi “Chindan ham meni qiziqtiradi, sizni emas” yozuvli kiyimlarni reklama qilgan.

Kiritildi: 12:37 27.06.2018. O'qildi: 2060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik