Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Trampning Ferrari avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Trampning Ferrari avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi

AQShda Donald Trampga qarashli bo‘lgan Ferrari F430 Coupe ikki o‘rinli avtomobili 16 fevraldan 9 martga qadar davom etadigan kimoshdi savdosiga qo‘yildi.

Rockstar avtomobillar auksioni ma’lumotiga ko‘ra, siyosatchi mashinani 2007 yilda chiqqan yilidayoq sotib olgan. Mashina chindan ham Trampga tegishli ekaniga dalil sifatida Rockstar hujjatlar va DJT (Donald John Trump) harflari qayd etilgan davlat raqamini ham joylashtirdi. Mashina qancha vaqt siyosatchi ixtiyorida bo‘lgani noma’lum.

Trampning Ferrari avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Foto: Rockstar

Auksionchilar mashinani 1 mln dollarga baholashmoqda. Lot tavsifida mashina a’lo holatda ekani aytiladi. Ferrari YTHga uchramagan, bo‘yog‘i maxsus plyonka bilan himoyalangan. Avtomobil qizil rangda, saloni mallarang, mexanik uzatmalar qutisi o‘rnatilgan. Sport mashinasi 100 km/soat tezlik olish uchun 3,9 soniya sarflaydi, maksimal tezligi — 315 km/soat.

Trampning Ferrari avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Foto: Rockstar

Kiritildi: 02:11 26.01.2025. O'qildi: 1407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!