AQSh senati demokratlari yetakchisi Chak Shumerning aytishicha, Tramp urush boshlanganidan beri uni qanday yakunlash bo‘yicha aniq reja tuzmagan.
Oradan oylar o‘tgan bo‘lsa-da, bu borada vaziyat o‘zgarmagan.
Shumer bunday noaniqlik AQSh harbiylari va fuqarolariga xavf tug‘dirishi, shuningdek, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib kelishi mumkinligini aytdi.
U Vashingtonni harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.