Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp xorijiy OAVga tayanib ma’lum qildi.
Jurnalistlarning savdo urushi va savdo muzokaralariga tayyor davlatlar haqidagi savollariga javob berar ekan, u shunday ta’kidladi: "Hech narsa yakunlangani yo‘q, lekin bizda boshqa davlatlar, jumladan, Xitoydan juda katta tezlik bor".
Davlat rahbari bojxona to‘lovlari oshishi sabablariga ham to‘xtalib o‘tdi. "Qo‘shma Shtatlarga nisbatan jahon savdosida sodir bo‘layotgan voqealar barqaror emas edi. Kimdir qo‘lni bosishi kerak edi. Men qo‘lni bosishga qaror qildim. Buni ancha oldin qilish kerak edi", - deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.
Trampdan nima uchun 90 kunga o‘zaro asosda joriy qilingan qo‘shimcha import bojlarini to‘xtatishga qaror qilgani so‘ralgan. "Tariflar e’lon qilinganidan keyin odamlar o‘z elementidan biroz chiqib ketyapti deb o‘yladim. Ular biroz asabiylashdi, biroz qo‘rqib ketishdi, chunki oldimizda juda ko‘p ishlar bor. Men qilgan ishimni boshqa hech bir prezident qilmagan bo‘lardi", deb javob berdi u.