Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Trampning 10 yillik jinoyati oshkor qilindi! U tan olmayapti

Trampning 10 yillik jinoyati oshkor qilindi! U tan olmayapti

AQSh prezidenti Donald Tramp so‘nggi 15 yil ichida 10 yil davomida federal daromad solig‘ini to‘lamagan, deb yozadi The New York Times gazetasi soliq deklarasiyalariga ishora qilib.

Gazetaning yozishicha, Tramp uning zarari daromaddan ko‘proq ekanligini aytgan. Bu uni daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qildi. 2016 yilda Tramp prezident bo‘lganida, u atigi 750 dollar soliq to‘lagan va 2017 yilda ham shuncha miqdorda soliq to‘lagan, deb ta’kidlamoqda manba.

Gazetaning yozishicha, Tramp yildan yilga Trump National Doral Miami kurorti va Vashingtondagi Trump International Hotel mehmonxonasidan yo‘qotishlar haqida xabar bergan, bu unga federal soliqlarni to‘lashdan qochishga imkon yaratgan.

AQSh prezidentining o‘zi allaqachon nashrning ma’lumotini yolg‘on deb atadi va, aslida, soliq to‘lashini aytdi.

Kiritildi: 11:11 28.09.2020. O'qildi: 2666 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!