Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Trampga tegishli Ferrari auksionga qo‘yildi

A A A
Trampga tegishli Ferrari auksionga qo‘yildi

AQSh prezidenti Donald Trampga tegishli Ferrari F430 avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqda Mecum Auctions kimoshdi savdosi uyi saytida ma’lum qilindi.

Avtomobilning boshlang‘ich narxi 400-500 ming dollar deb baholangan.

Trampga tegishli Ferrari auksionga qo‘yildi

Foto: mecum.com

Ma’lumot berilishicha, 2007 yilda ishlab chiqarilgan mashina xaridorga uning birinchi egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tasdiqlangan hujjatlar nusxasi bilan taqdim etiladi.

Mashina o‘tgan davr mobaynida 6910 mil (11 ming kilometr) yo‘l yurgan.

Qayd etilishicha, savdolar 7 yanvardan 16 yanvargacha bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:29 06.01.2021. O'qildi: 2543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik