Donald Trampning ittifoqchilari Xitoy va Rossiya Federasiyasi o‘z arsenallarini ko‘paytirish, shuningdek, Eron va Shimoliy Koreya tomonidan yadroviy dasturlarni rivojlantirish fonida Qo‘shma Shtatlarga yadroviy sinovlarga qaytishni taklif qilmoqda.
Tashabbus muxoliflarining aytishicha, bunday harakat yirik yadroviy davlatlar qariyb 30 yil davomida kuzatgan sinovlarga moratoriyni tugatishi mumkin, deb yozadi The New York Times.
Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Robert O'Brayen «Foreign Affairs» jurnalida yozgan maqolasida, agar respublikachi nomzod g‘alaba qozonsa, Qo‘shma Shtatlar «1992 yildan beri birinchi marta real sharoitlarda ishonchlilik va xavfsizlik bo‘yicha yangi yadroviy qurollarni sinovdan o‘tkazishi kerak». Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «Xitoy va Rossiyaning birlashgan yadro arsenallaridan texnik va son jihatdan ustunlikni saqlab qolish uchun» zarur.