AQSh Prezidenti Donald Tramp erishilgan tinchlik kelishuvlari buzilgan taqdirda, Eronga qarshi miqyosi va qudrati jihatidan misli ko‘rilmagan harbiy harakatlarni boshlashga tayyor ekanidan ogohlantirdi.
Amerika yetakchisi tegishli bayonotni o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.
Amerika kemalari, aviasiyasi va quruqlikdagi qo‘shinlari kelishuvning barcha bandlari to‘liq bajarilmaguncha Eron chegaralariga bevosita yaqin hududlarda o‘z pozisiyalarini saqlab qoladi. Tramp AQShning mintaqadagi harbiy ishtiroki Tehronga bosim o‘tkazuvchi o‘zgarmas omil bo‘lib qolishini ta’kidladi.
Siyosatchining qayd etishicha, garchi u kelishuvning buzilish ehtimolini past deb hisoblasa-da, Vashington yangilangan harbiy arsenalni qo‘llashga tayyor. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ehtimoliy to‘qnashuv o‘z kuchiga ko‘ra avvalgi barcha nizolardan ustun bo‘ladi.
«Agar biror sababga ko‘ra bu sodir bo‘lmasa... u holda o‘t ochish boshlanadi — bu avvalgilaridan ko‘ra keng ko‘lamliroq, takomillashgan va qudratliroq bo‘ladi», — deb bayonot berdi prezident.