AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy haqida fikr bildirib, uning mamlakatni tiklash salohiyatiga ishonishini aytdi.
«Menimcha, Zelenskiy buyuk mamlakat qura oladi. Menimcha, u buni eplaydi», — dedi Tramp.
Shuningdek, AQSh prezidenti Ukrainada Vashington uchun muhim manfaatlar mavjudligini ta’kidladi.
«Hozirda bizda u yerda ma’lum bir qiziqishlarimiz bor, chunki bizga tegishli yerlar bor. U yerda minerallarga boy hududlar mavjud. Bu dunyodagi noyob yer elementlariga eng boy hududlardan biri», — dedi Tramp.