Nyu-York shtati polisiya akademiyasidagi uchrashuvda so‘zga chiqqan Oq uy rahbari hozirda ushbu suv yo‘lini Eron portlarini to‘sib turgan amerikalik harbiylar nazorat qilayotganini bildirdi.
"Eron ustidan g‘alabani yakuniga yetkazganimizdan so‘ng, yaqin orada Ho‘rmuz bo‘g‘ozini Qo‘shma Shtatlar hududi deb e’lon qilaman. Aslida hozirning o‘zida vaziyat shunday. Blokada nazorati bizda. Biz istamasak, hech bir kema u yerdan o‘ta olmaydi. Eron hozir juda qattiq mag‘lubiyatga uchrayapti", —dedi Tramp.
Bungacha Tramp Vashington Grenlandiya va Panama kanali ustidan nazorat o‘rnatmoqchi ekanini ta’kidlagan, shuningdek, Venesuelani “AQShning 51-shtati” deb atagan edi.