AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonda G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashining birinchi yig‘ilishida Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatilganini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra: “Isroil haqida gapirsak, eng muhimiga erishdik. Hozir Yaqin Sharqda tinchlik bor. Bu ko‘pchilikning mumkin deb hisoblaganidan katta. Ular bu mumkin emas deb aytishgan. Uch ming yildan beri Yaqin Sharq haqida gapirilmoqda va ular bu mumkin emas deb aytishgan”.
Tramp AQShning, jumladan strategik B-2 bombarduvchilaridan foydalanish ham muhim omillardan biri ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu samolyotlar yuqori samaradorlikka ega va kuchli qural tashish imkoniga egadir.
“Biz yaqinda yana 22 ta yangilangan modelni buyurtma qildik. B-2 bombarduvchilari ajoyib. Men oldin hech qachon B-2ni to‘liq tushunmaganman. Unga qarasangiz — faqat qanot. Men doimo o‘ylardim: go‘zal, lekin nima qiladi u? U juda katta bombalar tashiydi”, — dedi Tramp.
Amerikan rahbar Isroil va Eron atrofidagi vaziyatga ham to‘xtaldi: “Isroil va Eron — ko‘ramiz, bu qanday rivojlanadi”, — dedi u.