Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp yaqin orada Putin bilan gaplashishni rejalashtirmoqda

Tramp yaqin orada Putin bilan gaplashishni rejalashtirmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Politico nashriga bergan intervyusida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan tez orada gaplashmoqchi ekanini aytdi.

Amerika yetakchisi suhbat vaqtiga aniqlik kiritmagan va faqat Putin bilan "xohlaganida" gaplashishini ta’kidlagan.

Tramp, shuningdek, yakshanba kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan samarali uchrashuv bo‘lishini kutayotganini aytdi.

"O‘ylaymanki, Zelenskiy bilan hammasi yaxshi bo‘ladi. O‘ylaymanki, Putin bilan ham hammasi yaxshi bo‘ladi", - dedi Oq uy rahbari.

Politico xabar berishicha, Rossiya-Ukraina urushini tugatish istiqbollari haqida gapirar ekan, Tramp Zelenskiyning taklifiga juda sovuqqonlik bilan qaragan.

"Men ma’qullamagunimcha u hech narsaga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun uning nima borligini ko‘ramiz", - dedi Amerika rahbari.

Avvalroq Zelenskiy Ukraina ommaviy axborot vositalariga Tramp bilan yakshanba kuni AQShda uchrashishni rejalashtirayotganini aytgandi. Juma kuni kechroq, Axios ikki prezident uchrashuv oldidan Yevropa yetakchilari bilan konferensiya suhbati o‘tkazishi haqida xabar berdi. Nomi oshkor etilmagan amerikalik yuqori martabali amaldorning nashrga aytishicha, Qo‘shma Shtatlar so‘nggi ikki hafta ichida Rossiya va Ukraina bilan muzokaralarda o‘tgan yilga qaraganda "ko‘proq muvaffaqiyatga erishgan".

“Ushbu uchrashuv muzokaralarda sezilarli muvaffaqiyatga erishilganidan dalolatdir”, — deyiladi nashr Trampning Zelenskiy bilan kelishuv yaqinligini his qilgan taqdirdagina uchrashishi haqidagi bayonotini eslatib.

Kiritildi: Bugun 11:15. O'qildi: 309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!