AQShning 47-prezidenti etib saylangan Donald Tramp Vashington ma’muriyatiga yangi tayinlovlarni e’lon qilib, o‘z jamoasini tanlashda davom etmoqda.
AQSh matbuoti xabariga ko‘ra, Tramp o‘z ma’muriyatiga qator tayinlovlar, jumladan, mehnat, uy-joy va shaharsozlik bo‘yicha kotib lavozimini ham e’lon qilgan.
Xususan, Tramp Lori Chaves-Deremer nomzodini Mehnat departamenti rahbarligiga taklif qildi.
«Lorining biznes va mehnat jamoalari tomonidan kuchli qo‘llab-quvvatlanishi Mehnat vazirligi barcha qatlamlardagi amerikaliklarni birlashtira olishini ta’minlaydi», dedi Tramp.
Amerika futbol ligasining sobiq futbolchisi va Trampning Oq uydagi sobiq yordamchilaridan biri Skott Tyorner uy-joy va shaharsozlik bo‘yicha kotiblikka nomzod sifatida ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, Tramp AQSh oziq-ovqat va farmasevtika idorasi (FDA) rahbari lavozimiga professor Marti Makari nomzodini, Oq uy boshqaruv va budjet departamenti direktori lavozimiga Rassel Vout nomzodini ilgari surdi.