AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, Xitoy Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi blokadani ochishda AQShga yordam berishi kerak, chunki mamlakat neftining taxminan 90 foizi shu yo‘l orqali tashiladi.
Financial Times nashriga bergan intervyusida Tramp shu oyda Si Szinpin bilan rejalashtirilgan uchrashuvidan oldin Pekin bu masalada yordam ko‘rsatishini kutayotganini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, agar Xitoy tomonidan amaliy yordam bo‘lmasa, u Pekinga safarini qoldirishi mumkin.
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozining ochiq bo‘lishi jahon neft ta’minoti va xalqaro savdo uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ham qayd etdi.