Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp Xitoy bilan o‘zaro manfaatli bitim tuzish imkoniyati borligini bildirdi

Tramp Xitoy bilan o‘zaro manfaatli bitim tuzish imkoniyati borligini bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy bilan har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan kelishuv tuzish imkoniyatiga ishonch bildirdi.

Oq uyda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar savollariga javob bergan Tramp yaqin haftalarda Janubiy Koreyada Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashishini ma’lum qildi.

“Menimcha, ishlar juda yaxshi ketmoqda. Biz Xitoy bilan juda yaxshi munosabatdamiz”, — dedi Tramp Xitoy bilan olib borilayotgan savdo muzokaralariga izoh berar ekan.

AQSh yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, “muzokaralar olg‘a ketmoqda” va har ikki tomon uchrashish niyatida.

Tramp Xitoyni “yillar davomida AQShdan shafqatsizlarcha foydalangan” deb tanqid qilib, mamlakat har yili yuzlab milliard dollar yo‘qotganini, ammo tariflar tufayli endilikda iqtisodiy holat yaxshilanganini ta’kidladi.

Savdo kelishuviga erishish ehtimoli haqidagi savolga javob bergan Tramp shunday dedi:
“O‘ylaymanki, biz har ikki tomon uchun ham foydali bo‘lgan kelishuvga erisha olamiz.”

AQSh moliya vaziri Skott Bessent esa bugun kechqurun xitoylik hamkasbi bilan uchrashishini va kelasi hafta Malayziyada Xitoy delegasiyasi bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 15:49 18.10.2025. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!