Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp Reuters'ga bergan intervyusida Venesuelaning Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkilotida (OPEC) qolishi Karakas uchun foydali bo‘lishini aytdi, biroq bu Vashington manfaatlariga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatishini bilmasligini aytdi.
Tramp Venesuelaning OPEC'dagi a’zoligini qo‘llab‑quvvatlash AQSh ma’muriyati tomonidan muhokama qilinmaganini ma’lum qildi. Shuningdek, Tramp Venesuelaning OPEC kvotalariga rioya qilish yoki qilmasligi haquda gapirishga hali erta ekanini va bu uning vakolatiga kirmasligini bildirdi.
"Qo‘shma Shtatlarning Venesuela neft sanoatini nazorat qilish va ishlab chiqarishni oshirishga qaratilgan harakatlari boshqa OPEC a’zolari bilan qarama‑qarshilikka olib kelishi mumkin. A’zolar neft bozorini barqarorlashtirish uchun ishlab chiqarishni muvofiqlashtiradi, narxlar tushganda qisqartiradi, talab oshganda esa ko‘paytiradi", deb yozmoqda Reuters.