Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Venesuelaga tahdid qildi: “Samolyotlarni urib tushiraman”

Tramp Venesuelaga tahdid qildi: “Samolyotlarni urib tushiraman”

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlari AQSh harbiy-dengiz kuchlariga xavf tug‘dirsa, urib tushirish bilan tahdid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Venesuelaning ikkita qiruvchi samolyoti yaqinda AQSh harbiy kemasi yaqinidan uchib o‘tgan.

“Agar ular biz uchun xavfli vaziyat yaratsa, bu samolyotlar urib tushiriladi”, — dedi Tramp Oval kabinetda jurnalistlarga.

Pentagonning ma’lum qilishicha, Venesuela samolyotlari xalqaro suvlarda AQSh kemasiga yaqinlashgan. Shuningdek, Vashington Karakasni AQShning giyohvand moddalar savdosi va terrorizmga qarshi operasiyalariga to‘sqinlik qilmaslikka chaqirdi.

AQSh va Venesuela o‘rtasida ziddiyat kuchaymoqda
Tramp ilgari ham Lotin Amerikasi narkotik kartellariga qarshi armiyadan kengroq foydalanish haqida farmon imzolagandi.

Bu orada Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Cartel de los Soles degan narkokartelga rahbarlik qilishda ayblanmoqda. AQSh Moliiya vazirligi 25 iyul kuni bu guruhni “o‘ta xavfli xalqaro terroristlar” ro‘yxatiga kiritdi.

Vashington 8 avgust kuni Maduro haqidagi ma’lumot uchun mukofot miqdorini 25 million dollardan 50 million dollargacha oshirganini e’lon qildi.

Maduro esa 18 avgust kuni javoban:
“Biz dengizlarimizni, osmon va yerimizni o‘zimiz himoya qilamiz. Venesuela va Janubiy Amerikaning muqaddas yerlariga hech qaysi imperiya tajovuz qila olmaydi”, — dedi.

28 avgust kuni esa Trampning buyrug‘i bilan Karaib dengizi mintaqasiga, Venesuela qirg‘oqlariga suvosti kemasi va yettita harbiy kema jo‘natildi.

Kiritildi: 19:09 06.09.2025. O'qildi: 1262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!