Bugun 3 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp Venesuela rahbarini qo‘lga olishga aholi qanday munosabat bildirishini Grokdan so‘ragan

Tramp Venesuela rahbarini qo‘lga olishga aholi qanday munosabat bildirishini Grokdan so‘ragan

«Time» jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp 2025 yil dekabr oyida Ilon Maskning «xAI» kompaniyasiga tegishli Grok chat-boti bilan bir necha soat muloqot qilgan.

Tramp suhbat davomida o‘z prezidentligi, siyosiy merosi va turli siyosiy masalalar haqida savollar bergan. Jumladan, u AQSh harbiylari Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olsa, Venesuela aholisi bunga qanday munosabat bildirishi mumkinligini so‘ragan.

Jurnal yozishicha, Grok Venesueladagi ko‘plab fuqarolar bunday voqeadan ehtimol xursand bo‘lishini bildirgan.

Bu muloqotdan biroz oldin Oq uyda Tramp va Ilon Mask o‘rtasida yopiq uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Shu tariqa, Tramp tashqi siyosat va geosiyosiy masalalar bo‘yicha nafaqat maslahatchilari, balki sun’iy intellekt chat-boti bilan ham maslahatlashgani ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 18:07 02.10.2026. O'qildi: 387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!