AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Venesuela bilan uzoq davom etadigan harbiy mojarodan manfaatdor emas.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt navbatdagi matbuot brifingida ma’lum qilgan.
Undan Venesueladagi quruqlikdagi nishonlarga havo hujumlari uyushtirilishi, shuningdek, AQShning mamlakatga keng miqyosli harbiy bostirib kirishi Tramp saylovchilariga unchalik yoqmaydigan cho‘zilgan harbiy mojaroga olib kelishi mumkinmi, degan savol berildi. "Uzoq davom etgan urush, albatta, bu prezident manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi, u buni juda aniq aytdi. U tinchlikni istaydi, shuningdek, mamlakat bo‘ylab yuz minglab amerikaliklarni o‘ldirayotgan AQShga noqonuniy giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘ymoqchi", - deydi Levitt.