Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp Vashingtondagi triumfal arka ichida harbiy baza va dronlar joylashtirmoqchi

Tramp Vashingtondagi triumfal arka ichida harbiy baza va dronlar joylashtirmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonda qurilishi rejalashtirilayotgan triumfal arka bir vaqtning o‘zida harbiy majmua vazifasini ham bajarishini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qaror AQSh harbiylari talabi va milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan qabul qilingan.

Arka ichida ko‘p sonli dronlar saqlanishi va zarurat tug‘ilganda ulardan tezkor foydalanish rejalashtirilmoqda. Bino tomi va uning atrofidagi maydonlarda snayperlar hamda katta miqdorda o‘q-dorilar joylashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Tramp bunday ob’ekt dunyoda boshqa joyda bo‘lmasligini aytgan.

Arkani Arlington memorial ko‘prigi yaqinida qurish rejalashtirilgan. Uning balandligi taxminan 76 metr bo‘lib, Parijdagi mashhur Triumfal arkadan ancha baland bo‘ladi.

Monument AQShning 250 yilligi munosabati bilan Vashingtonning yangi diqqatga sazovor joyiga aylanishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda AQSh harbiylari Trampning ushbu rejalarini amalda qanday amalga oshirishi hali aniq emas.

Kiritildi: 19:00 21.09.2026. O'qildi: 351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!