Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Uchrashuv yopiq tarzda, matbuot ishtirokisiz o‘tkazilishi belgilangan. Uchrashuv yakunida Zelenskiy jurnalistlar uchun brifing o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Suhbat avvalida Zelenskiy Trampni Yaqin Sharqdagi urushni tugatgani bilan tabrikladi va uning yordamida Rossiya-Ukraina urushi to‘xtashiga ham umid bildirdi.
Shuningdek, Ukraina delegasiyasi Trampga Tomahawk raketalaridan foydalanish rejasi va ularning urushga ta’siri haqida taqdimot namoyish etishni maqsad qilgan.