AQSh Prezidenti Donald Tramp NATO sammiti doirasida Vladimir Zelenskiy bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi.
Bu haqda Oq uyga tayangan holda CNN telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika rahbari, shuningdek, Suriyaning o‘tish davridagi prezidenti Ahmad ash-Sharaa bilan ham uchrashuv o‘tkazadi.